Madridning "Real" klubi ertaga, 8 mart kuni La Liga 28-turida "Rayo Valekano"ni qabul qiladi.
O'yinda katta ehtimol bilan Antonio Ryudiger ishtirok etolmasligi mumkin. U gripp tufayli bugungi umumiy guruh mashg'ulotlarini o'tkazib yubordi.
«AS» xabariga ko'ra, "Valekano"ga qarshi bahsda himoya markazida Karlo Anchelotti Raul Asensio va David Alabani maydonga tushirishi kutilmoqda.