Saudiya Arabistoni tomoni Vinisiusning "Real"da qolish va Madrid klubi bilan shartnomasini uzaytirish istagidan hayratda.
Eslatib o'tamiz, braziliyalik futbolchi Chempionlar ligasi pley-off bosqichidan o'rin olgan "Atletiko"ga qarshi o'yindan so'ng "qaymoqranglilar" bilan yangi shartnoma imzolamoqchi ekanini ma'lum qilgandi.
"Saudiya ligasi futbolchilarni tanlash qo'mitasi Vinisiusning bayonotlaridan hayratda," - deya Saudiya Arabistoni ligasi rasmiy vakilining so'zlarini keltiradi 365scores.
Shuningdek, u futbolchining bayonoti uni sotib olish bilan bog'liq vaziyatni murakkablashtirayotganini, biroq 2025 yilning yozida mahalliy klublar futbolchini qo'lga kiritishga yana urinib ko'rishi mumkinligini ta'kidladi.
Saudiya Arabistonida ta'kidlanishicha, liganing maqsadlaridan biri mamlakatda futbolni ommalashtirish uchun jahon yulduzlarini jalb qilishdir.