Madridning “Atletiko” klubi hujumchisi Xulian Alvares EChL 1/8 finalining birinchi o'yinida “Real”dan uchralgan mag'lubiyat (1:2) haqida fikr bildirdi.
"Raqiblarimizga eng kerak bo'lgan paytda gol urdik. O'yinni qismlarga bo'lib nazorat qildik. Ular bu oson bo'lmasligini tushunishdi. Biz mehmon edik. Endi farq bitta gol va o'z muxlislarimiz qarshisida uyda kamida 90 daqiqa bor", - deya Alvaresning so'zlarini keltiradi UEFA matbuot xizmati.
Javob o'yini bir haftadan so'ng, 12 mart kuni "Metropolitano" stadionida bo'lib o'tadi.