"Real" asosiy evrokubok turnirida yubiley g'alabani qo'lga kiritdi.
"Qaymoqranglilar" Chempionlar Ligasi 1/8 final dastlabki o'yinida "Atletiko"ni 2:1 hisobida mag'lub etdi.
Bu "Real"ning Chempionlar Ligasi/Evropa Chempionlar Kubogidagi saralash bosqichidan tashqari 300-g'alabasi bo'ldi. Bu Evropaning barcha klublari orasida eng yaxshi ko'rsatkichdir.
Shuningdek, "Real" ushbu musobaqada 113 marta mag'lubiyatga uchragan va 85 marta durang o'ynagan.
Turnirning final bosqichidagi g'alabalar soni bo'yicha ikkinchi o'rinni "Bavariya" egallab turibdi - myunxenliklar 398 o'yindan 237 tasida g'alaba qozongan.