Madridning "Real" klubi rahbariyati hujumkor yarim himoyachi Jud Bellingemning ko'rsatayotgan o'yinlaridan mamnun, deya xabar beradi «AS» nashri.
Manbaga ko'ra, klub 21 yoshli ingliz futbolchisi bilan 2029 yilgacha mo'ljallangan shartnomani yaxshilangan shartlarda uzaytirish bo'yicha muzokaralarga tayyorgarlik ko'rmoqda.
Bellingem «Transfermarkt» portalida 180 million evroga baholagan. U joriy mavsumda 35 ta o'yinda 11 ta gol urib, 11 ta golli uzatma amalga oshirdi.