Shanba oqshomida Ispaniya chempionatida "Betis" va "Real" jamoalari o'rtasidagi bahs bo'lib o'tadi.
Jud Bellingem diskvalifikatsiya tufayli Madrid jamoasida o'ynamaydi, biroq Antoni diskvalifikatsiya olib tashlanganligi sababli mezbonlar safida o'ynay oladi.
"Qaymoqranglilar" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti bu borada fikr bildirdi. "Men Bellingem haqida gapirishim mumkin va uning diskvalifikatsiyasini adolatsiz deb hisoblayman.
Antoni haqida esa gapirishni istamayman", dedi Anchelotti matbuot anjumanida.