«Real» Ispaniya chempionatini tark etib, boshqa ligada o'ynay boshlashi mumkin. Bu qaror klubning «hakamlar tomonidan ta'qib qilinishi» sababli ko'rib chiqilmoqda, deb xabar bermoqda Sport.es.
Manbaning ma'lumotlariga ko'ra, La Liga prezidenti Xaver Tebas va «qirollik klubi» rahbari Florentino Peres o'rtasida ziddiyat yuzaga kelgan. Madrid klubi boshqa ligada ishtirok etish uchun Bundesliga, Seriya A yoki Liga 1 ga qo'shilish imkoniyatlarini o'rganmoqda.
Ayni paytda «Real» Ispaniya La Ligasi turnir jadvalida ikkinchi o'rinni egallab turibdi. Italiyalik murabbiyi Karlo Anchelotti boshqaruvidagi jamoa 24 tur natijalariga ko'ra 51 ochko to'plagan. Jadval etakchisi «Barselona» ham xuddi shuncha ochkoga ega, ammo qo'shimcha ko'rsatkichlar bo'yicha ustunlikka ega.
«Qirollik klubi» o'zining navbatdagi o'yinini UEFA Chempionlar Ligasi doirasida «Manchester Siti»ga qarshi o'tkazadi.