"Real Madrid" deyarli 9 yil ichida birinchi marta "Man Siti"ni asosiy vaqtda mag'lub etdi.
Karlo Anchelotti shogirdlari Chempionlar ligasi 1/8 finalining birinchi o'yinida "shaharliklar"ni mehmonda 3:2 hisobida mag'lub etishdi.
"Real" asosiy vaqtda "Siti" ustidan oxirgi marta 2016 yilning may oyida Chempionlar ligasi yarim finalida (1:0) g'alabaga erishgandi.
O'shandan beri jamoalar 8 marta to'qnash kelishgan - "Man Siti" asosiy vaqtda 4 marta g'alaba qozongan, ikkita uchrashuv durang bilan yakunlangan, "Real" bir marta qo'shimcha vaqt va penaltilar seriyasida g'alaba qozongan.