Madridning "Real" klubi "Santyago Bernabeu"da Marseloga hurmat bajo keltirdi.
Yaqinda faoliyatini yakunlaganini e'lon qilgan "Real"ning sobiq himoyachisi "Atletiko"ga qarshi o'yin oldidan stadionga tashrif buyurgan.
Marselo o'g'illari Entso va Liam hamrohligida maydonga tushdi. Muxlislar braziliyalikni olqishlar bilan kutib olishdi.
Luka Modrich unga barcha jamoa o'yinchilari imzosi tushirilgan "Real Madrid" futbolkasini sovg'a qildi.