Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Zidan: "Barselona"ga o'tish? Mening yuragim oq rangda

"Real Madrid" bosh murabbiyi Zinedin Zidan "Xetafe"ga qarshi o'yin oldidan press-konferensiyada qatnashdi.

Зидан:

"La Ligada g'alaba qozonish hammasidan keraklisi. Hech bir turnir yomon emas, lekin chempionat - eng yaxshisi. Primero - bu kundalik ish, bu turnirda sovrinni himoya qilish qiyin va bu eng muhimi. Bu yerda har bir daqiqadan va kunimdan zavqlanaman. "Real Madrid"da 100 ta o'yin o'tkazdim. Shuni aytishim mumkin, men allaqachon taniqli murabbiyman, hammasi tez amalga oshdi."

"Barselona"ga o'tish haqida:

"Men yuragim oq rangda. Agar yana futbolchi bo'lib qolganimda, "Madrid"dan so'ng hech bir klubda to'p surmagan bo'lar edim."

Garet Beyl haqida:

"Har kuni u yaxshiroq xolatga kirib bormoqda, ammo hozircha Beyl maydonga tusha olmaydi. Unda hozir ikkita muammo bor. Bittasini Dortmundda orttirib oldi, yana bir terma jamoada. U tezroq safga qaytishni xohlamoqda bu yaxshi albatta. Umid qilaman, Garet tezroq safimizga qaytadi."

Terma jamoadagi uzilishlar haqida:

"Futbolchilar biroz yaxshiroq xolatda qaytishdi va bu eng asosiysi. Hech qanday jarohatlar yo'q."

Keylor Navas va Luka Zidanning jarohati haqida:

"Umid qilaman Keylorning jarohati bir necha kundan keyin o'tib ketadi. Uni mushaklarida og'riq bor. Lukada esa jarohat biroz jiddiyroq, ya'ni yelkasidan jarohat olgan. Ko'ramiz, asosiy jamoaga kim jalb qilinarkin Kino, Moxa yoki Belman."

Karim Benzema, Marselo va Teo Ernandezlarning safga qaytishi:

"Biz har uch kunning birida futbo'l o'ynayapmiz. Uchrashuvgacha tobora o'zimizni tiklab olishga harakat qilamiz. Benzema ertaga maydonga tushishni istaydi va u butun dunyo yoqtiradigan futbolchi. U biz uchun juda muhim. Umid qilamanki ertaga uni maydonda ko'ramiz."

Daniel Karvaxal haqida:

"Biz yurak bilan xazillasha olmaymiz. Hozir unda hammasi joyida va xotirjam. Biz uni 100% sog'ayib safga qaytishini istaymiz. Xammasiga javob - vaqt. Dani o'zi safga qaytmoqchi, biroq eng asosiysi sog'lik.

"Atletiko" va "Barselona" uchrashuvi haqida:

"Men o'z uchrashuvimizda g'alaba qozonishimizni xohlayman va keyinchalik bu o'yinni kuzatamaiz. Biz shunchaki o'z uchrashuvimizni yutmoqchimiz va taqibni davom ettirmoqchimiz."

BestMaster
13 Oktyabr 2017, 22:30
zidan, barselonaga, otish?, mening, yuragim, rangda,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads