"Real"ning sobiq hujumchisi Krishtianu Ronaldu Madrid jamoasi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti haqida fikr bildirdi.
"Menga Karlo juda yoqadi. U fantastik inson, futbol janobi. Biz birgalikda ko'p narsaga erishdik. "Real"da bosim juda kuchli, lekin u bunga o'rganib qolgan. Bunday miqyosdagi klubda g'alaba qozonmaslikning iloji yo'q. Lekin bu juda qiyin", - dedi Ronaldu.
Krishtianu Ronaldu 2009 yildan 2018 yilgacha "Real" futbolchisi bo'lgan.