Vinisius Junior "Liverpul"ga qarshi Evropa Chempionlar ligasi finali haqidagi xotiralari bilan o'rtoqlashdi.
2022 yilda Madrid klubi Chempionlar ligasi finalida "Liverpul"ni (1:0) mag'lub etgandi.
"Bu mening birinchi finalim edi. Men uni yutib olib, bu klub tarixiga kirishni xohlardim.
Bu gol nafaqat men uchun, balki futbolchilar, muxlislar va murabbiylar shtabi uchun ham juda muhim edi. Bu aql bovar qilmaydigan narsa.
Men bu erga gol urish va bu klub tarixiga o'z hissamni qo'shish uchun kelganman.
Umid qilamanki, men boshqa finallarda, ayniqsa, Chempionlar ligasida gol urishni davom ettira olaman. Biz har doim g'alaba qozonishimiz kerak va buning ustida ishlayapmiz," - dedi Vinicius.