Joan Laporta RFEF rahbarining Florentino Peres haqidagi so'zlariga izoh bermadi.
Eslatib o'tamiz, Ispaniya Qirollik futbol federatsiyasi prezidenti Rafael Lusan shunday degan edi: "Florentino hakamlik borasida o'zini qurbondek his qiladi. Bir kuni u menga: "Biz Negreyra ishini hal qilishimiz kerak, "Real Madrid" hakamlar tufayli ko'plab sovrinlarni yo'qotdi", dedi.
"Barselona" prezidenti bugun Chempionlar ligasi doirasida "Atalanta"ga qarshi o'yin oldidan murabbiylarning an'anaviy taomida qatnashdi. U mashinadan tushgach, uni jurnalistlar o'rab olishdi va undan Lusanning so'zlariga izoh berishni so'rashdi.
"Men bitta savolni tushunmadim, chunki siz hammasini birdaniga berdingiz. Xayrli kech" - deb javob berdi Laporta.