"Real"ning sobiq darvozaboni Iker Kasilyas hujumchi Vinisius Juniorning kelajagi haqida gapirdi.
"Real Madrid" muxlisi sifatida Vinisius qolishini istardim. U kelganidan beri ajoyib tarzda o'zgardi. Avvaliga uni vaqti-vaqti bilan masxara qilishardi, ammo hozir u dunyoning eng yaxshi futbolchilaridan biri. Umid qilamanki, u xuddi shu ruhda davom etadi. Vinisius, Mbappe va Bellingem "Real Madrid"ning uchta ustuni", dedi Kasilyas.
Mish-mishlar Vinisius Juniorni Saudiya Arabistoni klublari bilan muntazam ravishda bog'lab turadi.