Evropa chempionlari ligasi guruh bosqichining 8-tur doirasida Frantsiyaning "Brest" klubi o'z maydonida "Real"ni qabul qiladi.
"Brest" ustozi Erik Rua o'yindan oldin tashkil etilgan matbuot anjumanida ishtirok etdi.
"Biz yaxshi psixologik ish qildik. Bu biz uchun o'ziga xos o'yin, ammo biz ham boshqalar kabi unga tayyorgarlik ko'rdik. Biz futbolchilarning xotirjam bo'lishini istaymiz va texnik va taktik jihatlar ustida ishladik. Biz faol bo'lishimiz, chetda turmaslikka, oddiy kuzatuvchi bo'lmaslikka harakat qilishimiz va har kuni sodir bo'lmaydigan uchrashuvdan zavq olishimiz kerak" - dedi "Brest" bosh murabbiyi Erik Rua.