Madridning "Real" klubi La Ligadagi eng yaqin ta'qibchilardan ustunligini oshirdi.
Karlo Anchelotti shogirdlari 21-turda "Valyadolid"ni mag'lub etishdi (3:0). Uning hisobida 49 ochko bor.
Ikkinchi o'rindagi "Atletiko" esa 45 ochko jamg'argan. "Barselona" va "Atletik"da 39 ochko bor, biroq ular Madrid klublaridan bittadan kam o'yin o'tkazishgan.