Madridning "Real" klubining XXI asrdagi eng yaxshi futbolchilari reytingini klub tarixidagi eng yaxshi to'purar Krishtianu Ronaldu boshqarib turibdi. Portugal 2009 yildan 2018 yilgacha "qaymoqranglilar" sharafini himoya qilgan. Reyting tuzuvchilari Zinedin Zidanni ikkinchi o'ringa qo'ygan bo'lsa, kuchli uchlikni hamon klubda bo'lib turgan Luka Modrich yakunlab berdi. Madridliklar sobiq himoyachisi Serxio Ramos to'rtinchi o'rinda, afsonaviy sobiq darvozabon Iker Kasilyas esa beshinchi o'rinda.
Ayni damda Madridning "Real" klubi Ispaniya chempionati turnir jadvalida 20-turdan keyin 46 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda. Shanba kuni Karlo Anchelotti shogirdlari safarda "Valyadolid"ga qarshi o'yin o'tkazadi.