Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

"Real" La Liganing so'nggi 7 finish uchrashuvida mag'lub bo'lmagan

Ertaga tunda "Qirollik klubi" La Liganing joriy mavsumdagi so'nggi uchrashuvida "Malaga" klubi mehmoni bo'ladi va mazkur uchrashuvdagi 1 ochko ham Madridliklarning Ispaniya chempionatida 33-marotaba g'olib bo'lishlarini ta'minlaydi.

Madridliklar avvalgi 7 mavsumning so'nggi 38-tur uchrashuvlarini mag'lubiyatsiz (6 g'alaba, bir durang) yakunlab kelmoqdalar. Jumladan mazkur seriya 2010-yil may oyida musobaqaning so'nggi turida aynan "Malaga"ga qarshi safarda boshlangan va "La Rosaleda"dagi bahsda 1:1 hisobidagi durang bilan boshlangan bo'lsa, shundan so'ng ketma-ket 6 mavsumning barchasida "Real" primeroning so'nggi turini g'alaba bilan yakunlab kelmoqda.

So'nggi 7 mavsum "Real Madrid"ga primeroning finish uchrashuvida "Malaga"dan tashqari "Almeriya", "Malyorka", "Osasuna", "Espanyol", "Xetafe" hamda "Deportivo" klublari raqiblik qilgan. Madridliklar mazkur 7 finish bahslarda raqiblari darvozasiga 29 ta to'p kiritib, o'z darvozalaridan 9 ta to'p olib chiqqanlar.

RealBlancos

BestMaster
21 May 2017, 05:00
liganing, songgi, finish, uchrashuvida, maglub, bolmagan,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads