Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

JCh-2018 saralash. Ronaldu Evropada golli hujumlarda eng ko'p ishtirok etgan futbolchi

Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu Evropada o'tkazilgan JCh-2018 saralash bosqichida golli hujumlarda eng ko'p ishtirok etgan futbolchi ekani aniq bo'ldi.

.
- Yuklab olish

Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu Evropada o'tkazilgan JCh-2018 saralash bosqichida golli hujumlarda eng ko'p ishtirok etgan futbolchi ekani aniq bo'ldi.

InStat ma'lumotlariga ko'ra, Ronaldu o'z terma jamoasi tomonidan urilgan 32ta golning 24tasida bevosita ishtirok etgan. Krishtianu 15ta golga mualliflik qilgan bo'lsa, 3ta golga assistent vazifasini bajargan. Shuningdek, hujumchi 6ta golda golga assistentlik qilgan futbolchini to'p bilan ta'minlagan, ya'ni hujumning boshlang'ich qismida yoki rivojlanishida ishtirok etgan.

Saralash bosqichining eng yaxshi to'purari — Robert Levandovski bu ko'rsatkich bo'yicha 2-pog'onani band etgan. Polsha terma jamoasi hujumchisi 19ta golli hujumda qatnashgan.

Bundan tashqari, Ronaldu Evropadagi salalash bosqichida zarbalar soni bo'yicha ham etakchilik qilgan. Futbolchi 90 daqiqada o'rtacha 7,4 marta darvoza tomon zarba bergan. Ispaniya chempionatining ushbu mavsumida Krishtianu 90 daqiqada o'rtacha 6ta zarba bermoqda. U mazkur ko'rsatkich bo'yicha «Barselona» forvardi Lionel Messidan ortda qolmoqda (6,9).

BestMaster
11 Oktyabr 2017, 14:10
jch-2018, saralash, ronaldu, evropada, golli, hujumlarda, ishtirok, etgan, futbolchi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads