Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Ramos "Real" uchun 13 mavsumdan buyon gol urmoqda

"Real Madrid" sardori Serhio Ramos joriy mavsum ham jamoa uchun gol kiritgan holda "Qirollik klubi" uchun ketma-ket 13 mavsum davomida ushbu vazifani bajarishga muvaffaq bo'ldi.

Bu bilan "El Capitano" 13 mavsum "Real" uchun gol kiritgan 11-futbolchiga aylandi. Madridliklar uchun ilk golini 2005/06 mavsumda "Olimpiakos" darvozasiga kiritgan Ramos hisobida hozirda 69 ta gol mavjud. U eng ko'p golini (10 ta)o'tgan mavsum o'z nomiga yozdirgan holda shaxsiy rekordini qayd etgan bo'lsa, 2013/14 hamda 2014/15 mavsumlarda 7 tadan gol kiritishga erishgan. Ramos "Real" uchun kiritgan gollaridan 2 tasi (2014 hamda 2016-yil) jamoa uchun Chempionlar ligasi sovrinini yutib olishiga sababchi bo'lgan.

RealBlancos

BestMaster
9 Oktyabr 2017, 14:10
ramos, real, uchun, mavsumdan, buyon, urmoqda,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads