Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

"Real" 6 bor so'nggi turda Ispaniya chempionligini qo'lga kiritgan

Madridning "Real" klubi ertaga La Liga so'nggi turida Ispaniya chempionligini 33-marotaba qo'lga kiritishga juda yaqin turibdi va bu hol amalga oshsa jamoa o'z tarixida 7-marotaba so'nggi turda chempionlikni rasmiylashtiradi.

Hozirga qadar Madridliklar o'zlari zafar quchgan 32 ta La Liga chempionligidan 6 tasini musobaqa so'nggi turidan so'ng qo'lga kiritganlar. Dastlab 1932-yil "Barselona" maydonida 2:2 durang qayd etilgach zafar quchulgan bo'lsa, keyinchalik 1965-yil "Sevilya"ga qarshi uchrashuvda 1:0 hisobidagi g'alabadan so'ng yana bir bor mamlakat chempionligi qo'lga kiritilgan. Bundan tashqari 1972 ("Sevilya" 4:1), 1980 ("Atletik" 3:1), 2003 ("Atletik" 3:1) mavsumlardagi chempionliklar ham so'nggi 38-turdagi g'alabadan so'ng tantana qilingan.

So'nggi bor esa 2007-yil Kapello boshchiligida 38-turda "Malyorka" klubi dog'da qoldirilgach 30-chempionlik rasmiylashtirilgan. Mazkur uchrashuvda Mamadu Diarra hisobda ortda qolayotgan "Real"ga durang taqdim etuvchi golni kiritgan bo'lsa, zahiradan maydonga tushgan Xose Antonio Reyes dubl qayd etib parallel ravishda maydonga tushgan va "Real"ning qoqilishini kutayotgan "Barselona"ning umidlarini yo'qqa chiqazgan edi.

2003-yilgi chempionlikdan video

2007-yilgi chempionlikdan video

RealBlancos

BestMaster
21 May 2017, 05:00
songgi, turda, ispaniya, chempionligini, qolga, kiritgan,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Barcha fikrlar: 2
Nosirov
 Nosirov  
Bugun Real Chempion Boladi.
21 May 2017, 06:04
 Doston  
Malaga yutqazsa yoki durrang o'ynasa hech narsa yoqotmiydi aksinch 1mln evro ishlab oladi(4.125.000.000 so'm valyuta kursida) Kimga kerakmiydi pul malagagami yo sobiq Real himoyachisi hozirgi Malaga murabiyigami? Xa Real champion. tabrikliyman Realchilarni.MSNga esa omad.
21 May 2017, 10:05
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads