Madridning “Real” klubi hujumchisi Endrik kelajagi borasida bir qarorga keldi. Marca xabariga ko'ra, 18 yoshli braziliyalik qishki transfer oynasida ijaraga ketmoqchi emas.
Endrik "Real Madrid"da qolishni va berilgan imkoniyatlardan unumli foydalanishni rejalashtirmoqda. Shu bilan birga, agar mavsumning ikkinchi qismida Endrikning o'yin vaqti bilan bog'liq vaziyat o'zgarmasa, yozda futbolchi kelajagini qayta ko'rib chiqishi mumkinligi qayd etilgan. Ammo yosh forvard qishda jamoasini o'zgartirish niyatida emas.
Endrik "Real"ning 13 ta rasmiy o'yinida ishtirok etgan. Ularda hujumchi ikkita gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.