"Real Madrid" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti "qaymoqranglilar" jamoasining 19 yoshli qanot hujumchisi Arda Gyulerning Ispaniya chempionati 16-turida "Jirona"ga qarshi uchrashuvda (0:3) o'tkazgan o'yini haqida fikr bildirdi.
"Unga o'yinga qo'shilish oson bo'lmadi. U ko'p mehnat qildi. Birinchi bo'limda u ko'p narsa qila olmadi, ammo ikkinchi bo'limda u ajoyib gol urdi, lekin avvalo uning ishini ta'kidlamoqchiman. Gol qisman undan bosimni olib tashladi. Gyuler - katta bosim ostida bo'lgan yosh yigit," - deya Anchelotti so'zlarini keltirmoqda Sport.es.