"Real Madrid" hujumchisi Kilian Mbappe kecha "Jirona"ga qarshi o'yinning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
Frantsiyalik futbolchi Ispaniya chempionatining oltita uchrashuvi natijalariga ko'ra ushbu e'tirofga sazovor bo'ldi - bu "Real"dagi eng yaxshi natija, deb xabar berdi Madrid Xtra. Reytingda ikkinchi o'rinni yarim himoyachi Federiko Valverde egalladi, u uchta holatda eng yaxshi bo'ldi. Uchinchi qatorni Vinicius Junior va Jud Bellingem bo'lishdi - 2 martadan.
Kilian Mbappe La Liganing joriy mavsumida 15 ta o'yinda to'qqizta gol urdi - bu ham jamoadagi eng yaxshi ko'rsatkichdir.