«Real Madrid» prezidenti Florentino Peres «Jirona»ga (3:0) qarshi o'yindan so'ng Kilian Mbappega murojaat qildi.
Frantsiyalik hujumchi gol urdi - u «Jirona» darvozasiga so'nggi, uchinchi gol muallifiga aylandi. «Defence Central» xabariga ko'ra, o'yin tugagandan so'ng Peres jamoaning kiyim almashtirish xonasiga borib, Mbappeni tabriklagan.
25 yoshli forvard Karlo Anchelotti shogirdlari safida barcha musobaqalarda 21 ta o'yinda maydonga tushib, 11 ta gol va 2 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.
Kilian Mbappe shu yozda «Pari Sen-Jermen»dan «Qirollik klubi»ga erkin agent sifatida kelib qo'shildi.