Daniel Yanes so'nggi 9 yil ichida «Real Madrid»ning La Ligadagi eng yosh debyutantiga aylandi.
Ispaniyalik yoshlar vingeri 17 yoshu 254 kunligida, 89-daqiqada «Jirona» ustidan qozonilgan g'alaba (3:0) o'yinida zaxiradan maydonga tushdi.
Yanesdan yoshroq yarim himoyachi Martin Edegor 2015 yilning 23 mayida 16 yoshu 157 kunligida «Xetafe» bilan o'yinda (7:3) Madrid klubida debyut qilgan. Har ikki futbolchi «Real»dagi ilk o'yinlarini Karlo Anchelotti bosh murabbiyi qo'l ostida o'tkazgan.