Madridning «Real» klubi hujumchisi Rodrigo bugun son mushaklarida noqulayliklar sabab safdan chiqqanligi ma'lum bo'ldi.
«Relevo» nashri xabariga ko'ra, 23 yoshli braziliyalik futbolchi «qirollik klubi»ning kelayotgan 2-4 uchrashuvini o'tkazib yuboradi.
Rodrigo joriy mavsumda jami 17 ta o'yinda maydonga tushdi va 3 ta gol urib, 2 ta assist berdi.