"Real Madrid" markaziy himoyachisi Raul Asensio tezda asosiy tarkibda o'zini namoyon qildi.
21 yoshli futbolchi asosiy tarkibdagi jarohatlar sabab "Kastilya"dan asosiy tarkibga o'tishga majbur bo'ldi. Yosh ispaniyalik o'z o'yini bilan hammani darhol hayratda qoldirdi - endi "Los-Blankos" kiyim almashtirish xonasida uning asosiy tarkibda o'ynashga yaroqliligiga hech kim shubha qilmaydi. Bundan tashqari, Diario AS xabariga ko'ra, markaziy himoyachi mavsum oxirigacha muntazam o'ynashda davom etishi ehtimoli katta.
Raul Asensio Karlo Anchelotti jamoasida to'rtta o'yin o'tkazdi - uchta holatda u madridliklar darvozasi daxlsizligini saqlab qolishga yordam berdi. Futbolchining shartnomasi 2026 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.