"Real"ning sobiq hujumchisi Xese Rodriges frantsiyalik hujumchi Kilian Mbappe Madrid klubiga o'tishdan oldin u bilan maslahatlashganini aytdi. Futbolchilar avval "PSJ"da birga o'ynashgan.
"Mbappe katta yulduzga aylanishi aniq edi. Ko'chib o'tishdan oldin u men bilan "Real Madrid" haqida gaplashdi va men unga bu dunyoning eng yaxshi klubi ekanligini va agar u "Oltin to'p"ni qo'lga kiritishni istasa, u erga borishi kerakligini aytdim. Keling, kim g'alaba qozonishini ko'ramiz u yoki Vinisius", - dedi Xese.
Kilian Mbappe o'tgan yozda "Real"ga erkin agent sifatida o'tgan edi. Mbappe joriy mavsumda 19 ta o'yinda maydonga tushib, 10 ta gol va 2 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.