"Real" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti hujumchilar Vinisius Junior va Kilian Mbappening pozitsiyalari haqida gapirdi. Avvalroq, matbuot frantsiyalik hujumchi oldinda emas, balki chap qanotda o'ynashni xohlayotgani haqida yozgan edi.
"Menimcha, Mbappe chap qanotda o'ynashga ko'proq o'rganib qolgan va Vinisius o'rtada juda xavfli ekanligini tushunadi. Men nima qilishimni bilmayman, lekin ular o'zgarishi mumkinligini bilishadi" - dedi Anchelotti matbuot anjumanida.
Eslatib o'tamiz, Vinisius hozirda jarohat olgan. 1 dekabr, yakshanba kuni “Real” Ispaniya chempionati doirasidagi uy uchrashuvini “Xetafe”ga qarshi o'tkazadi.