Yaqin kelajakda «Real» va «Liverpul» futbolchilar almashinuvini amalga oshirishi mumkin. Gap ikkita yarim himoyachi haqida ketmoqda. «Transfer News Live» nashrining «Defence Central»ga tayanib xabar berishicha, ingliz klubi Rayan Gravenberx va Orelen Tchuameni evaziga yana 30 million evro taklif qilishga tayyor.
Ilgari Tchuameni Angliya chempionatiga o'tishi bilan bog'liq mish-mishlar tarqalgan edi. 24 yoshli frantsiyalik «Transfermarkt» nufuzli portali mutaxassislari tomonidan 100 million evroga baholanmoqda. 22 yoshli Gravenberxga kelsak, uning narxi 40 million evroni tashkil etadi.
Eslatib o'tamiz, haftada «Liverpul» Chempionlar ligasida «Real»ni 2:0 hisobida mag'lub etgandi.