Kilian Mbappeni o'tgan yozda «Real Madrid»ga qo'shilishidan avval klub futbolchining jismoniy holati haqida bir nechta hisobot olgan. Ular 2018 yildan boshlab, uning ko'rsatkichlarining pasayib borishini ko'rsatgan, o'sha yili frantsuz jahon chempionatining eng yaxshi o'yinchilaridan biri deb tan olingan edi. Bu haqda "Relevo" xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, «qirollik klubi» tomonidan olingan hisobotlarda Mbappening har mavsumdagi ko'rsatkichlari, jumladan, bosib o'tilgan masofa, harakatlar intensivligi va tezlikning pasaygani qayd etilgan. Shunga qaramay, «Real» rahbariyati hujumchini sotib olish qaroridan shubhalanmagan va uning hozirgi formasini yaxshilashiga ishonmoqda.