La Liga prezidenti Xaver Tebas hujumchi Vinisius Juniorning ijtimoiy tarmoqdagi posti sababli «Real»ga shikoyat xati yo'lladi. Bu haqda Relevo xabar berdi.
Jarohati tufayli uyda o'tirgan braziliyalik futbolchi o'z jamoasining Chempionlar ligasi uchrashuvini tomosha qilayotganini aks ettiruvchi suratni ijtimoiy tarmoqqa joylashtirdi. Biroq, liga prezidenti futbolchining original emas, balki o'g'rincha translyatsiyani tomosha qilayotganini payqadi.
Tebas endi «Real»ning barcha futbolchilari faqat original translyatsiyalarni ko'rishlarini talab qildi. Shikoyat xati ortidan Vinisius o'z postini o'chirib tashladi.