Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Tibo Kurtua Belgiya terma jamoasida ma'lum muddat o'ynamasligini ma'lum qildi

Belgiyalik darvozabon Tibo Kurtua Domeniko Tedesko boshchiligidagi terma jamoada o'ynamasligini ma'lum qildi.

.
- Yuklab olish

Belgiyalik darvozabon Tibo Kurtua Domeniko Tedesko boshchiligidagi terma jamoada o'ynamasligini ma'lum qildi.

O'tgan yilning iyun oyida golkiper va terma jamoa bosh murabbiyi o'rtasida nizo kelib chiqqan edi va natijada Kurtua terma jamoa bazasini tark etgandi.

“Belgiyaliklar va terma jamoamizning muxlislariga murojaat qilmoqchiman. Mamlakatim sharafini maydonda himoya qilayotganimdan faxrlanaman. Milliy jamoa libosini kiyish ulkan sharaf. Uni 100 marta kiyishni tasavvur ham qilolmayman.

Afsuski, murabbiy bilan suhbatlashgach, uning qo'l ostidagi Belgiya terma jamoasiga ortiq qaytmaslikka qaror qildim. Bu javob uchun to'liq mas'uliyatni o'z zimmamga olaman.

Mening bu qarorimni eshitgan Federatsiya buni og'riqli qabul qildi, lekin tushundi. Ba'zi muxlislarning hafsalasi pir bo'lganini tushunib turibman, lekin bu terma jamoa uchun foydali bo'ladi. Chunki bu o'zaro bahslarni yakunlaydi va jamoa o'z maqsadlariga erishishga e'tibor qaratishiga imkon beradi.

Doimiy qo'llab-quvvatlaganingiz, tushunganingiz uchun rahmat”, — deb yozadi “Real” va Belgiya terma jamoasi darvozaboni.

Tibo Kurtua 2011 yildan buyon Belgiya terma jamoasi sharafini himoya qilib kelmoqda. 32 yoshli posbon terma jamoa safida 102 ta o'yin o'tkazib, 79 ta golni o'z darvozasidan olib chiqqan.

BestMaster
23 Avgust 2024, 07:00
kurtua, belgiya, terma, jamoasida, malum, muddat, oynamasligini, malum, qildi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads