Madridning "Real" klubi himoyachisi Xoan Martines o'zining xoch buramasini yirtib oldi. Bu haqda Marca nashri xabar bermoqda.
Manba bergan xabarga ko'ra, 16 yoshli futbolchi asosiy jamoa bilan mashg'ulot vaqtida jarohat olgan. Martines operatsiya qilinadi.
Avvalroq, "Kastilya" bilan mavsumga tayyorgarlik ko'rishi kerak bo'lgan futbolchi AQShda klub bilan mavsumoldi safarini muvaffaqiyatli o'tkazgandi.
Madridning "Real" klubi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti uni UEFA Superkubogi uchun "Atalanta"ga qarshi 14 avgust kuni bo'ladigan o'yin uchun tarkibga qo'shishni rejalashtirgandi.