Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Anchelotti Arrisabalaganing ehtimoliy transferi haqida gapirdi

"Real" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti o'tgan mavsumda "Los-Blankos"da ijara asosida o'ynagan "Chelsi"ning 29 yoshli darvozaboni Kepa Arrisabalaganing ehtimoliy transferi haqida gapirdi.

.
- Yuklab olish

"Real" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti o'tgan mavsumda "Los-Blankos"da ijara asosida o'ynagan "Chelsi"ning 29 yoshli darvozaboni Kepa Arrisabalaganing ehtimoliy transferi haqida gapirdi.

"Biz uni qadrlaymiz. Biz uni yaxshi ko'ramiz... lekin biz bu pozitsiyani to'ldirib bo'ldik. Kepa o'tgan mavsumda juda yaxshi o'ynadi. Biz unga ega bo'lganimizdan juda xursand edik, ammo bu mavsumda nima bo'lishini bilmayman", - dedi Anchelotti.

Eslatib o'tamiz, Madrid klubida belgiyalik Tibo Kurtua va ukrainalik Andrey Lunin ham darvozabon sifatida o'ynaydi.

O'tgan mavsumda Kepa "Real"ning barcha turnirlarda 20 ta o'yinida qatnashgan va shulardan 9 tasida o'z darvozasi daxlsizligini saqlab qolgan. Transfermarkt portalida berilgan ma'lumotlarga ko'ra, futbolchining bozor qiymati 12 million evroni tashkil qiladi.

BestMaster
5 Avgust 2024, 14:00
anchelotti, arrisabalaganing, ehtimoliy, transferi, haqida, gapirdi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads