Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Amerika futbolini o'zgartirgan odam. Qanday qilib Devid Bekhem Amerika yulduziga aylandi?

Bekhem – yangi MLS asoschisi desak bo'ladi. Angliyalik yulduz Amerika futboliga boshqatdan mehr uyg'otdi.

.
- Yuklab olish

Bekhem – yangi MLS asoschisi desak bo'ladi. Angliyalik yulduz Amerika futboliga boshqatdan mehr uyg'otdi.

“Nima qilishni o'zi o'ylasin”

AQShga Bekhem janjallar, katta obro'-e'tibor va ozgina xafa va xursandchilik bilan keldi. 2007 yilda u 32 yoshda edi. 5 yil davomida Guti, Kasilyas, Raul, Zidan, Roberto Karlos, Figo va Ronaldo kabi yulduzlar bilan to'p surdi. Uning jamoasida jahon yulduzlari terilgan bo'lsa-da, 5 yil davomida 2 marotaba milliy chempionatda g'alaba qozonishdi. Ikkinchi chempionlik Zidan, Ronaldo va Figosiz bo'ldi. O'sha mavsum Bekhem uchun juda yomon boshlandi, terma jamoada sardorlik bog'ichini yo'qotdi, “Real”ning yangi bosh murabbiyi Fabio Kapello bilan urushib qolib, zahira o'rindig'iga mixlandi.

Shartnoma tugayotgandi, yangisini esa hech kim taklif qilmasdi. Eng alamlisi, “qirollik klubi” sport direktori Predrag Miyatovich mavsum yakunlanganiga yarim yil qolganda, futbolchi bilan maslahatlashmasdan, Bekhem “Real”ni mavsum oxirida tark etishini ma'lum qiladi. Devid bu gapdan xafa bo'lib, bir hafta o'tar-o'tmas MLS klubining biri bilan 5 yillik shartnoma imzolaganligini e'lon qiladi. “Real” Bekhemdan ham ko'proq xafa bo'ladi va Fabio Kapello angliyalik yarim himoyachini ikkinchi tarkib jamoasiga jo'natadi: “Mavsum oxirigacha nima qilishni o'zi o'ylasin. U endi boshqa klub futbolchisi”. “Real” jamoasining ishlari esa orqaga keta boshladi. Klub ochko yo'qotardi, raqiblar esa o'zib ketishdi. Klub etakchilari — Raul va Kasilyas bu janjaldan norozi edi. Bekhemni jamoaga qaytarishdi.

Devid maydonda ko'p tushmagan bo'lsa-da, birinchi o'yindayoq gol uradi. Birinchi o'yinidan oxirgi turgacha jamoani oldinga etaklaydi. Yakuniy turga kelib “Real” “Barsa” bilan ochkolarini tenglashtirib oladi va gollar farqi evaziga chempion bo'ladi.

“Real” iltimos qildi, maoshini oshirishini va transferini qaytadan sotib olishini aytib o'tdi. Faqat Bekhem qolsa bo'ldi edi. Devidning o'zi ham qolishni istardi, biroq printsiplari sabab Los-Anjelesga uchdi.

Kumir va Yahudo. Bekhem – futbolchi

Bekhem MLSda hech ham zo'r o'yin ko'rsatmadi, jarima to'plari tepmadi, 5 yil ketma-ket chempion qilmadi. Allaqachon bu yoshdan o'tgandi va kam o'ynardi (5 yil davomida 100 tadan ortiqroq o'yin o'tkazdi).

Ammo u MLS standartlarini o'zgartira boshladi. Pirlo va Kaka kabi yulduzlar sotib olindi, futbolchilardagi maosh cheklovi olib tashlandi. 2007 yildan beri maosh berish bo'yicha hech qanday cheklov yo'q. MLS 70 yillarda Pele va Bekenbauer to'p surgan paytlar kabi yana o'sa boshladi. “Geleksi” jamoasi o'yinlarida Jastin Timberleyk, Kemeron Dias, Keti Perri kabi Gollivud yulduzlari paydo bo'ldi. Ularning orqasidan oddiy muxlislar ham kela boshlashdi.

Bekhem bir joyda o'tira olmadi, terma jamoaga qaytishni o'yladi. Buning uchun ikki marotaba — 2009 va 2010 yillarda Italiyaning “Milan” jamoasiga ijara asosida o'tdi. Italiya sabab MLSda yarim mavsumni o'tkazib yubordi. Qaytganda ham kuchini ayadi. Bu esa muxlislarga yoqmasdi.

Muxlislar etakchisi Mett Simanski bu borada shunday fikr bildirib o'tdi: “U bizni sotdi. Muxlislar uchun kumir bo'lib qolsa-da, ashaddiy muxlislar uchun u Yahudodir”. Bekhem bu safar xafa bo'lmadi. Chunki muxlis mehri hamisha o'zgarib turadi, uni boshqatdan qozonish qiyin emas. 2011 yilda Bekhem MLSga bor e'tiborini qaratdi va ikki marta chempionlikni jamoasiga olib berdi. Muxlislar mehrini qaytadan qozondi. Devid 38 yoshda edi va “PSJ” safida oxirgi o'yinlarini ajoyib o'tkazib, Frantsiya chempionligini ham qo'lga kiritdi.

Shunday bo'lsa-da, qahramonimiz MLS bilan xayrlashmadi. Faoliyatini yakunlaganidan so'ng MLSda “Galaktikos” yaratishini ta'kidladi. Jamoa tashkil qilib, MLSga kirish uchun 100-150 mln evro kerak bo'ladi. Bekhem esa 25 mln evro evaziga hammasini hal qilmoqchi edi. Ammo hammasi reja bo'yicha ketmadi. Bu urinishlar omadsiz.

Ammo bu uning reklamadan topadigan foydasiga bu hech qanday ta'sir ko'rsatmadi. Bekhem faqat reklamaning o'zidan yiliga 60 mln evro foyda oladi. Bu eng yaxshi ko'rsatkich. Xotini bilan birga atir ishlab chiqaradi, “H&M” bilan shartnoma imzolaydi. 3 yil oldin viskida o'z brendini tashkil qildi. Bundan tashqari, kino va reklamalarda suratga tushmoqda. Bularning hammasi bir qarashda futbol bilan bog'liq emasdek, biroq Bekhem bularning hammasini bog'lay oldi va yosh o'yinchilarga o'rnak bo'lmoqda.

BestMaster
20 May 2017, 13:16
amerika, futbolini, ozgartirgan, odam, qanday, qilib, devid, bekhem, amerika, yulduziga, aylandi?,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads