Darvozabon Kepa Arrisabalaga kelajagi mavhumligicha qolmoqda.
2023/2024 yilgi mavsum yakunida futbolchi ijara muddati tugashi sababli "Real"dan "Chelsi"ga qaytdi. Kepa "Real"dagi faoliyatini davom ettirishga qarshi emas, lekin uchinchi darvozabon maqomi uni unchalik qiziqtirmayapti, Andrey Lunin esa Madriddan ketish-ketmaslik haqida hali qaror qilgani yo'q.
TodoFichajes portali xabariga ko'ra, 29 yoshli Kepaga Italiyaning "Fiorentina" klubi qiziqish bildirmoqda. Biroq darvozabonning o'zi Luninning "Real"dan ketishi yoki ketmasligini bilish uchun yoz oxirigacha kutishni ma'qul ko'radi. Agar ukrainalik posbon klubini o'zgartirsa, Kepa "Real"ga qaytishi va Tibo Kurtua tomonidan qo'llab-quvvatlanishi mumkin. Gap shundaki, ispaniyalik posbon "Chelsi"da ham birinchi raqamli darvozabon maqomiga ega emas.