"Real Madrid" markaziy himoyachilar bilan shartnoma imzolashni rejalashtirmayapti.
Himoyachilarning jarohatlari va Leni Yoroning transferi muvaffaqiyatsizlikka uchraganiga qaramay, jamoa rahbariyati hozircha himoya chizig'ini kuchaytirish uchun mos variantlarni ko'rmayapti. Shu hafta bo'lib o'tgan yig'ilishdan so'ng David Alabaning jarohati bilan bog'liq vaziyatga oydinlik kiritish maqsadida hech bo'lmaganda avgust oyi oxirigacha yangi o'yinchilarni xarid qilmaslikka qaror qilindi.
Himoyachi oktyabr-noyabr oylariga qadar tuzalib ketishi aniq bo'lsa, klub yozgi transfer oynasida o'z o'rniga futbolchilar xarid qilmaydi. Aks holda, rahbariyat mavjud nomzodlarni ko'rib chiqishga qaytishi mumkin, ammo hech qanday shoshilinchliksiz.
Klub Alabaning qaytishi mumkinligiga ishonchi komil, ammo ular unga bosim o'tkazmoqchi emas. Bundan tashqari, Karlo Anchelotti mavsumoldi turnir davomida boshqa variantlarni ham ko'rib chiqishi mumkin bo'ladi. Shu tariqa, "Real" safarda o'z tarkibiga "Kastilya" safidan joy olgan yosh himoyachilar Xoan Martines va Xakobo Ramonni kiritdi. Aurelien Tchuameni ham markaziy himoyachiga qaytishi mumkin.