Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

"Malaga" so'nggi turda "Real" ustidan zafar quchmasa bir million yevro mukofot puli oladi

Habaringiz bor, yakshanba kuni La Liganing so'nggi turida "Qirollik klubi" safarda "Malaga" klubi mehmoni bo'ladi. Mazkur bahsdagi bir ochko ham Madridliklarning chempionlikni qo'lga kiritishlariga zamin yaratib beradi.

La Liga chempionligi masalasini hal etadigan ushbu uchrashuvdan so'ng "Qirollik klubi" raqibi "Malaga" jamoasi rahbariyatiga "Real" ustidan g'alaba qozonmagan va Madridliklar chempionlikni qo'lga kiritgan taqdirlarida bir million yevro mukofot puli taqdim etadilar.

Gap shundaki, "Blancos" rahbariyati 2013-yilda "Malaga" klubidan Iskoni harid qilgan vaqtda Andalus jamoasiga futbolchi uchun 30 million yevro taklif etgan va shundan 27 million yevroni o'sha vaqtning o'zida, qolgan 3 million yevroni esa 5 yil ichida (2018-yil 30-iyunga qadar) "Real" CHL yoki La Liga bosh sovrinlarini yutgan vaqtda bir milliondan to'lab berish shartini o'zaro shartnoma bandlariga kiritgan. Hozirga qadar "Qirollik klubi" ikki bor CHL bosh sovriniga ega chiqdi va "Malaga" shartnomaga ko'ra 2 million yevro mukofot pulini qabul qilib oldi. Endilikda yana bir million yevroni qo'lga kiritish uchun so'nggi turda Madridliklarni ochkolardan mahrum qilmasliklariga to'g'ri kelmoqda. Aks holda...

RealBlancos

BestMaster
19 May 2017, 22:59
malaga, songgi, turda, real, ustidan, zafar, quchmasa, million, yevro, mukofot, puli, oladi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads