Madridning “Real” klubi himoyachisi Dani Karvaxal Chempionlar ligasi finalida Dortmundning “Borussiya”siga qarshi o'yinda (2:0) eng yaxshi futbolchi deb topildi.
74-daqiqada aynan Karvaxal gol urdi. Toni Kroosning burchakdan oshirib bergan to'pini tajribali himoyachi boshi bilan darvozaga aniq yo'naltirdi.
"Gol urishdan oldin o'zimni gol urishni xohlagandek his qilardim. Maydondagi eng past bo'yli o'yinchi bo'lganim uchun boshim bilan gol urganim, albatta, quvontiradi", - deya Karvaxalning so'zlarini keltiradi UEFA rasmiy sayti.