Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Zidan: Ronalduning yangi shartnomasi? Bu mening ishim emas

Зидан:

O'yin haqida:

"Biz "Espanyol"ga qarshi uchrashuvda g'alaba qozonish choralarini topishimiz kerak. Jamoamiz bilan g'alaba qozonishni istaymiz. Ketma-ket 2 ta o'yinda g'alaba qozondik va bu seriyani davom ettirmoqchimiz. Yaxshi o'yin ko'rsatish muhim, agarda g'alaba qozonishni istasak. Ertaga biz "Santiago Bernabeu"dagi yoqimsiz statistikalarni o'zgartirishimiz kerak. Shaxsan mening o'zim barcha uchrashuvlarda g'alaba qozonishni xohlayman, lekin bu futbol - bu yerda har doim g'alaba qozonib bo'lmaydi. Sportda har kuni mashg'ulot o'tash kerak, shundagina g'alabalarga erishasan."

Uy uchrashuvlaridagi omadsizlik haqida:

"Muxlislar bizni to'g'ri tushinishi kerak, biz o'z o'yin falsafamizni o'zgartira olmaymiz. Lekin men "Santiago Bernabeu"da o'ynashni yoqtirmaymiz degan fikrdan yiroqman. Biz ham ushbu vaziyatdan xafamiz va ertaga "Bernabeu"dagi yoqimsiz xodisalarga chek qo'ymoqchimiz. Uch ochko uchun barcha ishni qilishga tayyormiz."

Beyl haqida:

"Ertaga barchasi ayon bo'ladi. Unda deyarli jarohat yo'q, lekin men futbolchining sog'ligi bilan tavakkal qilishni yoqtirmayman."

Asensioning shartnomasi haqida:

"Men Markoning shartnomasi uzaytirilganidan xursandman. U bunga xaqli xuddi boshqa jamoadoshlariga kbi. Umid qilamanki, qo'l ostimdagi barcha futbolchila "Real" tarkibida uzoq yillar qoladi. Marko Asensio Krishtianu haqida to'g'ri fikr bildirdi. Ronaldu - barcha uchun o'rnak."

Ronalduning yangi shartnomasi haqida:

"Uning shartnomasi bilan bog'liq vaziyatga aralashmoqchi emasman. Bu klub va futbolchi o'rtasidagi ish. Meni faqat uning o'yin formasi qiziqtiradi. Eng asosiysi u ertanggi o'yinga qay xolatda bo'lishi."

Ispaniya terma jamoasi haqida:

"Bu jamoada qiyin damlar kechmoqda, biroq har doim ispanlarda kuchli tarkib bo'lgan. Shaxsan menga Ispaniya terma jamoasining o'yinlari yoqmoqda, barcha futbolchilar vatan uchun o'ynashmoqda.

 

BestMaster
1 Oktyabr 2017, 09:20
zidan, ronalduning, yangi, shartnomasi?, mening, ishim, emas,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads