"Real" darvozaboni Andrey Lunin "qirollik klubi" bilan shartnomasini uzaytirishga rozi bo'ldi. Relevo nashri ma'lumotlariga ko'ra, ukrainalik yangi kelishuvga haqiqatda og'zaki rozilik bergan.
Manbaning xabar berishicha, Lunin Tibo Kurtua bilan raqobatlashishga tayyor, biroq Andrey yozda jamoani tark etish imkoniyatini istisno etmayapti.
Agar uning xizmatlariga boshqa top-klub qiziqsa, darvozabonning rejalari o'zgarishi mumkin.