Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Luka, Zagreb qaytishingga ilhaq

Zagrebning «Dinamo» klubi prezidenti Velimir Zaets mitti Luka Modrichni ortga qaytarish niyatida. U bu masalada amaliy harakatni ham boshladi.

.
- Yuklab olish

Zagrebning «Dinamo» klubi prezidenti Velimir Zaets mitti Luka Modrichni ortga qaytarish niyatida. U bu masalada amaliy harakatni ham boshladi.

To'g'ri, Xorvatiya klubi rahbari birinchi urinish uchun ancha noodatiy yo'l tanladi. Oddiy aytganda, Zaets shunchaki, Marca gazetasining to'liq bir betini sotib oldi. Ha, «Real» yarim himoyachisiga alohida murojaat yo'llash uchun!

Umuman, Zagreb «Dinamo»sida hamma Luka Modrich faoliyatini aynan Xorvatiyada yakunlashini istaydi. Jamoa prezidenti Velimir Zaets «Real» hayotida katta iz qoldirgan mitti xorvatni Marca gazetasining to'liq bir betiga joylashtirilgan ta'sirli murojaat vositasida vatanga qaytishga chaqirish uchun qancha to'lagani ma'lum emas. Tabiiyki, Ispaniyada katta nufuzga ega nashrning sahifasi arzon emas. Murojaatga kelsak, sahifada 38 yoshli futbolchining familiyasi bitilgan 10-raqamli forma aks ettirilgan. Albatta, «Dinamo»niki. Ulkan surat ostida esa ma'noli chaqiruv yozilgan: «Bu mantiqli yakun bo'lardi». Noodatiy yurish, original yondashuv. Aytish kerak, aynan Zagreb klubi tarbiyalanuvchisi sanalgan Luka Modrich va «Real» o'rtasidagi shartnoma joriy mavsum oxirida o'z kuchini yo'qotadi. Ma'lumot uchun, «Madrid»ga «Tottenxem» orqali o'tgan xorvatiyalik yarim himoyachi 12 yildan buyon jamoa bilan birga. U ortda qolgan vaqtda ChLning o'zida 5 marta zafar quchdi va «Oltin to'p» sohibiga ham aylandi.

Mundo Deportivo nashrida yozilishicha, joriy mavsum Turkiya Superligasi yo'llanmasini muddatidan oldin rasmiylashtirgan «Eyupspor» klubi ham Luka Modrichni o'z safiga chorlamoqda. Ta'kidlanishicha, mashhur Arda Turon boshqaruvidagi jamoa kelasi mavsum uchun tarkibini keskin darajada kuchaytirmoqchi. Jumladan, klub rahbariyati JCh-2018 finalchisi xizmatiga jiddiy qiziqmoqda. Tarkibida hamyurtimiz Jahongir O'rozov shug'ullanayotgan «Eyupspor» menejeri allaqachon Modrichga real taklif tayyorlashga kirishgani aytilmoqda.

BestMaster
27 Aprel 2024, 00:00
zagreb, qaytishingga, ilhaq,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads