Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Davide Anchelotti «Real»ni mustaqil boshqarmoqchi

«Real Madrid» bosh murabbiyi Karlo Anchelottining o'g'li va doimiy yordamchisi Davide hamisha u bilan birga.

.
- Yuklab olish

«Real Madrid» bosh murabbiyi Karlo Anchelottining o'g'li va doimiy yordamchisi Davide hamisha u bilan birga.

Deylik, kichik Anchelottti bunga qadar «PSJ», «Bavariya», «Napoli» va «Everton» klublarida ham otasi yonida ishladi. Yosh mutaxassis qachondir mustaqil ravishda ham jamoa boshqarish niya­tida. Har holda, Davide France Football nashriga bergan intervyusida bu xususda dangal gapirdi.

Kelajak rejalari

- «Real» bilan o'rtamizda 2026 yilgacha mo'ljallangan shartnoma bor. Hozirda ko'plab yosh iqtidorlarga egamiz, shunday ekan, jamoa yaqin kelajakda o'ta kuchli tarkib hosil qiladi. Rejalarim? Albatta, bosh murabbiy rolida ham ishlab ko'rmoqchiman. Mana, ayni payt dunyodagi eng yaxshi klubdaman - «Madrid» professional darajada o'sish uchun eng zo'r maktab. Hozircha hech qanday aniq taklif yo'q, hammasi klub rahbariyati qarashiga bog'liq. Muhimi, «Real»da baxtliman, oilam ham yonimda. Turmush o'rtog'im ispaniyalik va u Madriddan ketishni istamasa kerak. Asosiysi, otamning yonidaman. To'g'ri, hammasi qanday rivojlanishini hech qachon oldindan bilolmaysiz. Yashirmayman, aniq maqsadim bor - kun kelib, «Real»ni mustaqil ravishda boshqarish.

Futbolchilar bilan 

munosabati

- Asosiy yulduzlarimiz xudbinlikdan aziyat chekishmaydi. Vinisius, Bellingem, Rodrigo, Valverde - bu yigitlar sof jamoaviy futbolchilar. Ular uchun umummanfaat har doim ustuvor ahamiyatga ega. Faxriylar ham «zaharli» emaslar, aksincha, yoshlarga chin namuna bo'la olishadi. Toni Kroos - maydondagi murabbiy. Deylik, u yigitlarga «Siti»ga qarshi qanday o'ynashni mukammal tushuntirib berishga qodir. Umuman, murabbiy uchun faxriylarni professional tarzda boshqarish qiyin emas, lekin ba'zi jihatlarda mushkulotlar bor. Misol uchun, bizdagi har bir faxriy futbolchi muntazam o'ynashga loyiq. Luka Modrichni olaylik, u hamon yuqori darajada, kerak pallada barchaga yordam qo'lini cho'zadi. 

Don Karlo bilan ishlash nyuanslari

- Otam 30 yildan buyon murabbiylik qilmoqda va har joyga tezda moslashishi bilan hurmatga loyiq. Mana, hozir murabbiylar shtabiga yosh mutaxassislarni qo'shib olgan. Bu masalada ajoyib muvozanat bor. Bizda jarayon shundayki, otam futbolchilar bilan muloqot qilish uchun etarli vaqtga ega. U shuning barobarida men va Franchesko Mauriga ham to'liq ishonadi. Oldimizdagi vazifa esa oddiy: unga «qarshi» chiqishimiz kerak. Qisqasi, otam mustaqil fikrlashimizni qadrlaydi. Asosiysi, unga qaysidir masalada ochiq-oshkora gapira olamiz bemalol. Otamning eng yaxshi fazilati? U hech qachon omma oldida g'azablanmaydi. Ba'zida shunchaki, tashqariga chiqib ketadi va ko'p o'tmay, xotirjam holda qaytadi. Muhim qarorlarni esa har doim o'zi qabul qiladi.

Jamoani shakllantirish jarayoni

- Futbolda nimalarnidir muntazam yaxshilab borish kerak. Joriy mavsumni ajo­yib topilma bilan boshladik - romb shaklidagi 4-4-2 chizmasi. Keyinchalik uzun uzatmalarni ko'p o'tkazib yuborayotganimizni ko'rdik va buni tuzatdik. Jamoa o'zgarib bormoqda, bunda mashg'ulotlar jarayoni juda muhim. Mudom yangi echimlar ustida izlanamiz. Shuningdek, mavjud futbolchilarni jiddiy o'rganish ustuvorlik kasb etadi. Demoqchimanki, murabbiy qo'l ostidagi futbolchilarga moslashishi kerak. 

Zidanga hurmat

- Futbolchilar uni juda yaxshi ko'rishardi, engil tushunishardi. Chunki Zizu o'z fikrini g'ayrioddiy sodda tarzda etkaza oladi. Aslida u ko'p gapirmaydi, lekin futbolchilardan aynan nima xohlashini aniq ifodalaydi. Juda kamtarligi esa «Real»dagi yutuqlarini yanada zalvorli qilgandi. Axir ChLda ketma-ket 3 marta g'alaba qozonish hazil gap emas. Qisqasi, Zidanning fe'l-atvorini yaxshi ko'rardim, unga hurmatim beqiyos. 

MUHAMMADXON tayyorladi

BestMaster
26 Aprel 2024, 00:00
davide, anchelotti, «real»ni, mustaqil, boshqarmoqchi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads