Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Anchelotti Kepaning munosabatidan mamnun bo'ldi

"Real Madrid" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti darvozabon Kepa Arrisabalaganing munosabatidan juda mamnun bo'ldi

.
- Yuklab olish

"Real Madrid" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti darvozabon Kepa Arrisabalaganing munosabatidan juda mamnun bo'ldi. Ispaniyalik futbolchi Andrey Luninga raqobatda mag'lub bo'ldi va noyabr oyida asosiy tarkibdagi o'rnini boy berdi. Shunga qaramay, darvozabon taslim bo'lmadi va mashg'ulotlarda astoydil harakat qilishda davom etmoqda.

Relevo xabariga ko'ra, Anchelotti Kepani Ispaniya chempionatining qolgan o'yinlaridan birida maydonga tushirish orqali unga hurmat ko'rsatmoqchi. Eslatib o'tamiz, La Liga yakunlanishiga 6 ta tur qoldi. Arrisabalaga keyingi o'yinda "Real Sosedad"ga qarshi o'ynashi mumkin.

Eslatib o'tamiz, Kepa joriy mavsum “Real”da “Chelsi”dan ijara asosida o'ynamoqda. "Los-Blankos" ispaniyalikni to'liq sotib olmaydi.

BestMaster
25 Aprel 2024, 13:00
anchelotti, kepaning, munosabatidan, mamnun, boldi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads