Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Golga to'ymagan goleadorlar!

Ular uchun bir o'yinda uchta gol kam.

.
- Yuklab olish

Futbolda xet-triklar juda keng tarqalgan. Bir o'yinda to'rt yoki undan ko'p gol urish esa kam uchraydigan holat hisoblanadi. Quyida o'sha o'yin qahramoniga aylangan ba'zi yulduzlar xususida so'z yuritamiz. 

Robert Levandovski

Robert Levandovski "Bavariya"dagi sakkiz yillik takrorlanmas rekordlardan oldin Dortmundning "Borussiya"sida to'rt mavsum o'tkazdi va klub uchun 100 dan ortiq gol urdi.

2013-yilda Chempionlar ligasi yarimfinalining birinchi o'yinida "Borussiya" “Real Madrid”ni 4:1 hisobida mag'lubiyatga uchratgan va Robert o'shanda to'rtta golga ham o'zi mualliflik qilgan. Keyinchalik, “Bavariya”da Pep Gvardiola qo'l ostida u 2015-yil sentyabr oyida “Volftsburg”ga qarshi o'yinda zaxiradan maydonga tushdi va to'qqiz daqiqa ichida beshta gol urdi. Myunxenliklar yutqazayotgan joyida 5:1 hisobida g'alaba qozonib ketdi. 

Alan Shirer

Alan Shirer 1999 yil sentyabr oyida "Nyukasl" "Sheffild Uensdey"ni tor-mor keltirgan oqshom o'yin qahramoniga aylangan (8:0). Premer-liganing bir o'yinida beshta gol urgan Shirer o'shanda Endi Kouldan keyin bu natijani qayd etgan ikkinchi futbolchiga aylangan. 

Angliya terma jamoasining sobiq hujumchisi Ser Bobbi Robson boshchiligidagi birinchi o'yinda undan tashqari Gari Spid, Aaron Xyuz va Kiron Dayer ham o'z nomini tabloga yozdirib qo'ygan.

Erling Xoland

Erling Xoland 2019 yilda Norvegiyaning 20 yoshgacha bo'lgan terma jamoasi safida Gondurasga qarshi o'yinda to'qqizta gol urdi va bu ko'pchilikning e'tiborini tortdi.

O'shandan bir yil oldin Norvegiyaning "Molde" jamoasi "Brann"ni 4:0 hisobida mag'lub etganida, Xoland to'rtta gol urgandi. 2020-yilning noyabr oyida u “Borussiya Dortmund” uchun “Gerta”ga qarshi o'yinda (5:2) to'rtta gol urdi. “Manchester Siti”da u 2023-yilning mart oyida “RB Leyptsig” ustidan 7:0 hisobida g'alaba qozonilgan o'yinda beshta gol urdi va o'yin tugashiga yarim soat qolganida maydonni tark etdi. 2024-yil fevralida Angliya kubogida “Siti” “Luton”ni 6:2 hisobida mag'lub etgan va bahs tugashiga 13 daqiqa qolganda Erling allaqachon beshta gol urib bo'lgandi.

Krishtianu Ronaldu 

Krishtianu Ronaldu o'zining ajoyib faoliyati davomida 10 dan ortiq o'yinda to'rtta gol urgan.

Sermahsul portugaliyalik bu muvaffaqiyatni La Ligada "Selta", "Elche", "Espanol", "Jirona", "Granada", "Rasing Santander" va "Sevilya"ga qarshi o'yinlarda amalga oshirgan. Chempionlar ligasida esa 2015-yilda “Los-Blankos” guruh bosqichida “Malmyo”ni 8:0 hisobida mag'lub etganida, u to'rtta gol urdi. O'sha uchrashuvda Karim Benzema ham xet-trik qayd etgan.

Jast Fonteyn

Just Fonteyn 1958 yilgi Jahon chempionatida o'ynagan har bir o'yinida gol urdi va uning turnirdagi 13 ta golli rekordini yangilash qiyin.

Fonteyn Frantsiya terma jamoasining uchinchi o'rin uchun G'arbiy Germaniyaga qarshi o'yinida to'rtta gol urgan. Umuman olganda, u o'z terma jamoasi safida atigi 21 o'yinda 30 ta gol urgan.

Eysebio

Shimoliy Koreya 1966 yilgi Jahon chempionatida Italiyani mag'lub etgan edi va chorak finalda Portugaliyaga qarshi o'yinda og'ir zarbani qabul qilib oldi.

Eysebio yarim soatdan ko'proq vaqt ichida to'rtta gol urib, o'yinni o'zgartirdi va Xose Augusto jamoasi 5:3 hisobida g'alaba qozondi. Portugaliya uchinchi o'rinni egalladi.

Emilio Butrageno

Emilio Butrageno Ispaniya tarixidagi eng zo'r hujumchilardan biri va "Real Madrid" afsonasi bo'lib, u erda 1980-yillarda u ketma-ket beshta La Liga chempionligini qo'lga kiritdi.

Butrageno Ispaniya terma jamoasi safida 69 ta o'yinda maydonga tushib, 26 ta gol urgan. Ular orasida 1986 yilda Meksikada bo'lib o'tgan Jahon chempionatining 1/8 finalida Daniya ustidan 5:1 hisobida qozonilgan g'alabadagi to'rtta gol ko'pchilikning haligacha esida.

Ferents Pushkash

Alfredo Di Stefano 1960 yilgi Evropa kubogi finalida "Xempden Park"da Frankfurtning “Ayntraxt”iga qarshi o'yinda “Real” safida xet-trik qayd etgan. Ammo Ferents Pushkash to'rtta gol urgani bilan yodda qolgan.

Afsonaviy vengriyalik forvard Madridning uchinchi, to'rtinchi (penalti), beshinchi va oltinchi gollarini 7:3 hisobidagi ajoyib g'alabada kiritdi, buning natijasida "Los Blankos" ketma-ket beshinchi yil kubokni qo'lga kiritdi. 

Lionel Messi

Lionel Messi 2010 yilda Chempionlar ligasi chorak finalida "Arsenal" ustidan 4:1 hisobida g'alaba qozonilgan uchrashuvda "Barselona" uchun to'rtta golning barchasini urgan va "kanonirlar" bosh murabbiyi Arsen Venger o'yindan keyin argentinalikni videoo'yinlar qahramoniga qiyoslagan edi.

Ikki yil o'tib, Messi 2012 yilning mart oyida Chempionlar ligasining 1/8 finalida "Bayer"ga qarshi o'yinda (7:1) beshta gol urdi. Shuningdek, u Pep Gvardiola davrida "Kamp Nou"da "Espanol"ga qarshi o'yinda ham to'rtta gol urgan. 

BestMaster
16 Aprel 2024, 14:00
golga, toymagan, goleadorlar!,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads