Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Karvaxal: Men raqobatga muxtoj emasman, chunki men uchun eng yaxshi raqobatchi - o'zim

Bugungi o'yin oldidan Dani Karvaxal press-konferensiyada qatnashdi.

Карвахаль: "Мне никто не нужен, чтобы улучшить игру, лучшая конкуренция - я сам"

O'yin oldidan:

"Afsuski men hali Dortmundda g'alaba qozona olmadim. Ertanggi uchrashuv esa buning uchun yaxshi imkoniyat."

Omadsiz start haqida:

"Nazariy jihatdan bizning jamoa yomon o'yin ko'rsatmayapdi. Yo'qotilgan ochkolar bizning konsentratsiyamiz bilan bog'liq edi. Qolgan barcha jihatlarda biz raqiblardan kuchli edik."

Jamoadagi kelishmovchiliklar haqida:

"Bizda hech qanday kelishmochiliklar yo'q. Biz har doim do'stona munosabatdamiz."

O'z formasi haqida:

"Men juda ko'p o'yinlarda ishtirok etmoqdaman va o'zimni ajoyib his etayabman. Ba'zida jarohatlar bo'lib turadi. Bizning murabbiy esa futbolchining axvolidan doimo xabardor bo'lib turadi va birinchi navbatda futbolchining sog'ligini o'ylaydi. Men ham o'z sog'ligim haqida o'ylayman."

Ashraf bilan raqobat haqida:

"Ashraf - fantastik futbolchi, u tezda o'smoqda va ishonchim komil unda hali o'zini ko'rsatish uchun imkoniyat bo'ladi. Lekin menga o'sishim uchun raqobatchi shart emas, chunki o'zim uchun eng yaxshi raqobatchi bu - o'zim."

Maks Filipp haqida:

"Men uning o'yinlarini ko'rdim, u juda yaxshi formada. Umid qilaman ertaga uning kuni bo'lmaydi."

Krishtianu Ronaldu haqida:

"Hech kim unga shubxa bilan qaramaydi. Uning mashg'ulotlardagi ishtiroki - fantastik. Biz bu yerga uch ochko uchun keldik."

 

BestMaster
26 Sentabr 2017, 18:30
karvaxal, raqobatga, muxtoj, emasman, chunki, uchun, yaxshi, raqobatchi, ozim,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Barcha fikrlar: 1
 omad  
olga madrid
26 Sentabr 2017, 20:27
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads