Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Jud Bellingem: «Bunchalik tezkor muvaffaqiyatni orzu ham qilmagandim...»

«Real» o'yiniga reaktiv tezlikda to'liq moslashgan Jud Bellingem bir urinishda «Oltin to'p»-2024 uchun favoritlar qatoriga qo'shildi.

.
- Yuklab olish

«Real» o'yiniga reaktiv tezlikda to'liq moslashgan Jud Bellingem bir urinishda «Oltin to'p»-2024 uchun favoritlar qatoriga qo'shildi.

Angliyalik vunderkind yaqinda Sky Sports nashriga ixcham intervyu berdi va mavsumning finish qismida ham ayni sur'atini pasaytirmasligini baralla ta'kidladi.

Joriy mavsumning  qolgan qismi

- Hozirgi asosiy maqsadim - sovrinlar. O'z mamlakatim milliy jamoasi va klubimga muvaffaqiyat yo'lida imkon qadar ko'proq yordam berish barobarida ta'riflanmas tajriba to'plab borish, go'zal g'alabalardan shirin xotiralar saqlab qolishni xohlayman.

«Real» libosidagi  gollari

- Shunchaki maydonga tushib, zimmamga yuklatilgan vazifani sifatli bajarishga urinyapman. Hammasi harakatdan. Asosiysi muxlislar o'yin uslubimni ma'qul ko'rmoqdalar va bu ham dadillik bag'ishlayapti. Odatda to'p bilan ko'p harakatlanaman - bu shunchaki, rohat. Ochig'i, maydondagi o'yin vositasida muxlislar bilan muloqot o'rnataman, go'yo. Oddiy aytganda, ular meni o'z qatorlarida his etishlarini istayman. Muxlislar menga nazar solib, ayni ko'ngildagi futbolchini ko'rishlari kerak. O'zi futbolda muxlislarning qo'llab-quvvatlashlari jamoa uchun juda ko'p narsani anglatadi. Agar muxlislar mamnun bo'lishsa, biz ham kayfiyatni oshirib, yanada yaxshiroq o'ynaymiz.

Orzu sari harakat

- «Uembli»da Angliya milliy jamoasi yoki «Bernabeu»da «Real» uchun o'ynaganimda, ba'zan tush ko'rmayotganimga ishonch hosil qilish uchun o'zimni chimchilab qo'yishimga to'g'ri keladi. Ochig'i, hech qachon bunchalik tezkor muvaffaqiyatni hatto o'ylab ham ko'rmagandim. Albatta, bu yo'lda menga yordam bergan har bir kishidan bag'oyat minnatdorman.

Yon-atrof ta'siri

- Atrofimda meni kuchli qo'llab turadigan katta guruh bor: oilam va do'stlarim. Ular osmonlarda uchishimga yo'l qo'­yishmaydi - hammasi nazorat ostida. Hozirda o'zimni baxtli bolakaydek engil his qilyapman. Ha, har kuni hamma qatori kunlik ishimga boraman, faqat ko'pchilikdan baxtiyorroqman. Zero, ishimni juda yaxshi ko'raman.

Angliya milliy  jamoasi muhiti

- Xenderson bilan suhbatlashganimda, u menga havas qilishini yashirmadi: «Terma jamoaga bugungidek yaxshi muhit hukmron davrda kelganing - bu omading chopgani. Bizning davrda esa hammasi boshqaroq edi. Deylik, yosh yigitchalar bunchalik iliq qarshi olinmasdilar...». Demak, hozirgi muhit va munosabat qadriga etishim shart. Umuman, Xendersondan juda minnatdorman. U jamoaga moslashish va mas'uliyat hamda yuqori bosim yukini engishimda katta yordam berdi. Chin namuna.

Mavsum taassurotlari

- Ispaniyadagi turmush tarziga moslashish, «Real» klubi va Angliya milliy jamoasi a'zosi sifatida ulkan mas'uliyat bosimini ko'tarish oson bo'lgani yo'q. Qiyinchiliklar o'z yo'liga, asosiysi, hammasi juda zo'r rivojlandi. Hamon shu tajribadan zavqlanyapman.

MUHAMMADXON tayyorladi

BestMaster
12 Aprel 2024, 17:00
bellingem, «bunchalik, tezkor, muvaffaqiyatni, orzu, qilmagandim»,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads