Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Valverde: "Bu durang xuddi o'tgan yilgi kabi mag'lubiyatga teng"

Federiko Valverde Chempionlar ligasining chorak finalida "Manchester Siti" bilan durang o'yinni mag'lubiyat deb atadi.

.
- Yuklab olish

Federiko Valverde Chempionlar ligasining chorak finalida "Manchester Siti" bilan durang o'yinni mag'lubiyat deb atadi.

Madridning “Real” klubi Chempionlar ligasi chorak finalining birinchi o'yinida o'z maydonida “Manchester Siti” bilan durang o'ynadi (3:3). Uchrashuvning 79-daqiqasida Valverde gol urib, yakuniy hisobni o'rnatdi.

"O'ylaymanki, hisobni tenglashtirganimizdagi gol bizga javob o'yinida kuch beradi. Ammo durang xuddi o'tgan yilgidek kabi mag'lubiyatga o'xshaydi.

Bizni doim qo'llab-quvvatlab turgan muxlislarimizga rahmat aytishim kerak - birgalikda bitta maqsad sari intilamiz.

Biz tezda gol o'tkazib yubordik va menimcha, vaziyatni qanday to'g'rilash, qanday javob qaytarish va o'zimiz ikkita gol urishni tushunish juda muhim edi.

Bir-ikki daqiqa ichida gol urishimiz bizga kuch berdi, lekin menimcha, biz shiddatni pasaytirdik, o'yinga qaytishlariga imkon berdik, etarlicha pressing qilmadik.

"Manchester Siti"da juda yaxshi futbolchilar bor va ular juda qattiq mehnat qilishadi. Biz qasos bilan to'lishimiz va yarim finalga chiqish uchun Manchesterga borishimiz kerak. Umuman olganda, bu ajoyib o'yin bo'ldi" - dedi “Real” yarim himoyachisi.

BestMaster
10 Aprel 2024, 08:00
valverde, durang, xuddi, otgan, yilgi, kabi, maglubiyatga, teng,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Barcha fikrlar: 1
 Bellingham_5  
Ruhdan tushmaymiz olgaa real madrid
10 Aprel 2024, 09:06
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads